Arab tilingizni biz bilan C1 va undan yuqori darajaga olib chiqing!
Sizni “KALIMA” Arab tili dasturiga taklif qilamiz!
Biz haqimizda
“KALIMA” Til dasturi Turkiyaning nufuzli universiteti Fatih Sultan Mehmet Vakif universiteti va Kozimjon Ibrohim tomonidan asos solingan Idrok Academy hamkorligida tashkil etilgan.

Maqsadimiz:

Arab tilini nafaqat grammatika asosida, balki klassik hamda zamonaviy uslublar uyg‘unligida puxta o‘rgatish!
Vazifamiz:
Arab tilini yozish, tinglash, o‘qish va gapirish ko‘nikmalarini mukammal rivojlantirish. A1 darajadan B2 darajagacha bo‘lganlar uchun Arab tilini bosqichma-bosqich o‘rgatish;
Arab tili bo‘yicha mutaxassis bo‘lishni istaganlar uchun B2 darajadan C1/C2 darajagacha yetkazish;
Nafaqat sarf va nahv, balki Aruz, Balog‘at, Mantiq, Adabiyot hamda arab tilining boshqa tarmoqlarini ham o‘rgatish va yoyishga xizmat qilish;
Muhodasa (arab tilida erkin suhbat) ko‘nikmalarini rivojlantirish, hamda Misr, Shom, Xalij kabi mintaqalarga xos turli arab lahjalarini o‘rgatish;
Arab tilini rasmiy darajada tasdiqlovchi milliy va xalqaro sertifikat imtihonlariga tayyorlash;
Islom bilim yurtlari hamda arab tilini bilish talab etiladigan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorlash;
Arab tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish va tajriba almashish mahorat kurslarini taqdim qilish;
Darslar orqali islomiy matnlarni to‘g‘ri tushunish, tahlil qilish va tarjima ko‘nikmalarini shakllantirish;

Nega aynan "KALIMA"?

  • Ishonchlilik

    “Kalima” Til dasturi — sertifikatlangan rasmiy tashkilot hamda ishonchli va nufuzli o‘quv dargohlari tomonidan tashkil etilgan yuqori sifatli ta’lim loyihasidir.
  • Onlayn format

    Dunyoning istalgan joyidan turib ta’lim olish imkoniyati mavjud.
  • Ustozlar

    Kursimiz jamoasida ilm-fanga fidoiy, o‘quvchining rivojini ustuvor bilgan arab va oʻzbek ustozlar faoliyat yuritadi.
  • Imtiyozlar

    Muvaffaqiyatli bitiruvchilar Shayx Akademiyasi va Fatih Sultan Mehmet Vakif Universitetiga tavsiya etiladilar hamda maxsus sertifikat va imtiyozlarga ega bo‘ladilar.
  • Alohida guruhlar

    Darslar erkak va ayol o‘quvchilar uchun alohida guruhlarda tashkil etilib, har bir guruhga mos ravishda erkaklarga erkak ustozlar, ayollarga ayol ustozlar tomonidan dars beriladi.
  • Kurs dasturi

    “Kalima” Til dasturining arab tili kursida darslar tajribadan o‘tgan mukammal manhaj (darsliklar) asosida o’tiladi.
  • Kuchli nazorat

    Har bir bo'limga maxsus xodimlar biriktiriladi va har bir oʻquvchi kuchli nazorat qilinadi.
Bizning kurslarimiz
Hozirda mavjud bo'lgan kurslarimizni o'qib chiqing va sizga eng mos keluvchisini tanlang
A1 guruh
Arab tili grammatikasini 0 dan boshlab o'rganmoqchi bo'lganlar uchun
450.000 so'm / 1 oy
  • Kurs davomiyligi 4 oy
  • Videodarslik orqali nazariy bilimlar
  • Jonli tarzda amaliy bilimlar
  • “KALIMA” dan maxsus darslik asosida
  • Maxsus ilovalarda darslik lug‘atlari
  • Tajribali ustozlar
  • Sertifikat va oliygohlarga tayyorlov
  • Kuchli nazorat
  • Ustozlar jamoasi bilan davra suhbatlari
Ma'lumot qoldirish
A2 guruh
Arab tilini A1+ darajadan davom ettirmoqchi bo‘lganlar uchun.
Test asosida qabul qilinadi!
475.000 so'm / 1 oy
  • Kurs davomiyligi 4 oy
  • Videodarslik orqali nazariy bilimlar
  • Jonli tarzda amaliy bilimlar
  • Arab ustoz bilan amaliy darslar
  • “KALIMA”dan maxsus darslik asosida
  • Maxsus ilovalarda darslik lug‘atlari
  • Tajribali o‘zbek va arab ustozlar
  • Sertifikat va oliygohlarga tayyorlov
  • Kuchli nazorat
  • Ustozlar jamoasi bilan davra suhbatlari
Ma'lumot qoldirish
O'quvchilarimizdan biz haqimizda:
Oybek Nematov
A2 intensiv guruhi o'quvchisi
Assalomu alaykum!
Shu paytgacha ko'plab onlayn kurslarda dars olganman. Kalima til kursi men qatnashgan boshqa til kurslaridan o'qituvchilar saviyasining yuqoriligi va o'qitish dasturi va tanlangan kitoblarning o'zlashtirish uchun osonligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari ona tili arab tili bo'lgan ustozdan ta'lim olish imkoniyati shubhasiz o'rganganlaringizni amaliyotda qo'llash imkoniyatini oshiradi. Ustoz Vasim Ajan o'ta kirishimli va mayda ikir-chikirlarigacha erinmasdan tushuntiradigan mohir pedagog insondir. Bu kurs masofaviy bo'lgani uchun, biror joyga qatnab dars olishga vaqt topa olmayotganlarga juda qulay, uyingizdan turib sifatli ta'lim olish imkoniyati Alloh bergan ajoyib imkoniyatdir. To'g'risi, yaxshi internet tezligi bilan bu darslar haqiqiy sinfda o'tirib olinadigan ta'limdan deyarli farq qilmaydi.
Kalima kursi tashkilotchilari va adminlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman! Alloh ishlaringizni xayrli va davomli qilsin!
Hurmat bilan Oybek
Dildora Muhammadiyeva
A2 intensiv guruh o'quvchisi
1. Darsga judayam yaxshi talabani har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan darsliklar tanlangan. Adminlar ham juda mas'uliyatli va xushmuomala

2. Ustozlar Ilmli, tajribali, samimiy, har bir talabaga alohida yondashishadi.
3. Farzandli, uyda o'tiradigan ayollar uchun ayni muddao ham o'qib ham bolaga qarasa bo'ladi. Shuningdek, offline ta'lim singari yarim kun yo'lda vaqt o'tib ketmiydi.
Ismoil Vohidov
A2 intensiv guruh o'quvchisi
Assalomu alaykum
Darsni menga yoqgan jihatlari juda ko'p arab va o'zbek ustozlardan ta'lim olish qulay vaqt va oson usulda organish
Arab Ustozimiz yani shayx VASIM AJAN ga keladigan bo'lsak juda ajoyib gapirish ko'nikmalarimizni shaklantiryabdilar men 3 yil 3 oy dan beri arab tilini o'rganayotgan bo'lsam bu orada eshitmagan ma'lumotlarni eshitib daqiqa joylarigacha tushuntirayabdilar ABDULLOH Ustozimiz VA Shayx VASIM AJAN ustoz
Masofaviy ta'limga kelsa biz bu ustozlardan dars olishimiz uchun yo biz Turkiyaga borishimiz kerak yoki bu ustozlar O'zbekistonga kelishi kerak.
Ustozlarimizdan ilm olishimizga sababchi bo'lganlar dan va boshqalardan robbim rozi bo'lsin va rehnimizni o'tkir qilsin
Sayfullayeva Maxliyo
A1 standart guruh o'quvchisi
Kalima til kursidan minnatdorman. Kutganimdan a'lo. Ustozimizdan Alloh rozi bo'lsin. Muhsina Isoqjonova juda bilimli, talabchang va o'ta intizomli o'qituvchilar. Va biz talabalardan ham shuni talab qiladilar. Masofaviy dars juda qulay. Ayniqsa yosh bolali onalarga ancha qo'l keladi.
Aqljon Mavlonov
A1 standart guruh o'quvchisi
Ассалому алайкум ва рохматуллоҳи ва баркатуҳ.

Сизлардан Аллоҳ рози бўлсин. Мен истаган дарсни энди топдим, охирги 5 йил ичида араб тили ўрганиш иштиёқида юргандим. Жуда кўп шқув марказларига бордим, офлайн бўлгани учун, доим ҳам дарсларга бора олмадим, хозир жуда яхши, онлайн бўлгани жуда ҳам қулай, вақтдан ютябман, дарслар ЗООМ орқали жонли бўлгани учун, офлайндан фарқи йўқ, менга қайтанга мана шу жуда ҳам қулай. Устоздан ҳам Аллоҳ рози бўлсин, тўғриси мен ўзим дарс тайёрлаб малолланишим мумкин, лекин Устоз дарсни такрор-такрор тушунтириб ҳам малолланмайдилар. Устозни дарс беришлари тақсинга лойик, жуда ҳам осон тушунтирадилар, араб тили жуда ҳам осондек гўё Узр кўп ёзиб юбордим. Дарслар кутканимданда аъло даражада. Рахмат Сизларга
FAQ
Kursga oid tez-tez beriladigan savollarga quyida batafsil javob olishingiz mumkin
Aloqa uchun
Telegram
Made on
Tilda