“Kalima” Til dasturi Turkiyaning nufuzli universitetlaridan biri Fatih Sultan Mehmet Vakif universiteti va Kozimjon Ibrohim tomonidan asos solingan Idrok Academy hamkorligiga tashkil etilgan.
FATIH SULTAN MEHMET VAKif universiteti
Istanbulda joylashgan Fatih Sultan Mehmet Vakıf Üniversitesi 1996-yilda tashkil etilgan. Universitet Turkiyaning buyuk sultoni Fatih Sultan Mehmetning nomi bilan atalgan bo'lib, uning tashkilotlari tomonidan moliyalashtirilgan.
FSMV Universiteti o'zining sifatli ta'limi bilan tanilgan, shuningdek, ilmiy izlanishlar va loyihalar uchun kuchli infratuzilma taqdim etadi. Universitetda ko'plab ilmiy markazlar va laboratoriyalar mavjud.

FSMV Universiteti ko'plab xorijiy universitetlar bilan hamkorlik qiladi va talabalar uchun almashuv dasturlari (Erasmus+) taklif etadi. Bu dasturlar orqali talabalar xorijda o'qish imkoniyatiga ega bo‘la oladilar.
FSMV Universiteti o'z talabalariga turli stipendiyalar va moliyaviy yordam dasturlarini taqdim etadi, bu esa o'qish xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.

Fatih Sultan Mehmet Vakif Universitetida (FSMV) arab tilida ta'lim olishni xohlasangiz, quyidagi yo'nalishlar mavjud:

  • Islomshunoslik
  • Arab tili va adabiyoti
  • Xalqaro aloqalar va almashuv dasturlari.
IDROK ACADEMY
Idrok Onlayn Akademiyasiga 2019-yilda Kozimjon Ibrohim tomonidan asos solingan.
Maqsadi:
Insoniyatni madaniy-ma'rifiy yuksaklikka olib chiqish, fazilat va ezgulikka chorlash, hayotdagi maqsadlarini belgilashga koʻmaklashish orqali dunyo va oxirat saodatiga boshlash.

Vazifasi:
Islom madaniyati bilan tanishtiruvchi kurslar, dasturlar e’lon qilish, trening va mahorat darslari tashkillashtirish, tillar oʻrgatish, soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar, podkastlar uyushtirish, kitobxonlik va bilim musobaqalari oʻtkazish.
Idrok Academy tomonidan bugungi kunga qadar taqdim qilgan dasturlar:
- Mantiq ilmi darslari;
- Sof Islom aqiydasi suhbatlari;
- Ahli sunna aqiydasidagi shubhalarga javoblar;
- Tafsir darslari: 1444-h. / 2023-yil;
- Tafsir darslari: 1445-h. / 2024-yil;
- Sahihi Buxoriy darslari;
- Shafoat darslari.
Made on
Tilda